"PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
2026-07-09 19:55:00 / Yangiliklar

Jumladan bugun, 9-iyul kuni tumandagi yoshlar markazi binosida Kogon tuman hokimi, Buxoro viloyat FVB boshlig'i hamda “LUOK” OFVM boshligʻi ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda otaliqqa olingan yoshlar, volontyorlar, shuningdek uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdilar.
Samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar egallashlari hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa kogonlik "Mard oʻgʻlon" davlat mukofoti sovrindorining yoshlarga oʻrnak boʻlsa arzigulik xizmat yoʻli har bir yosh avlod uchun kuchli motivasiya boʻldi.
Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, qutqaruvchilar faoliyati hamda zamonaviy texnika va qutqaruv tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Samimiy muloqot yoshlar qalbida katta taassurot qoldirib, ularda qutqaruvchi kasbiga qiziqish va kelajakda Vatan hamda xalq xizmatiga sidqidildan xizmat qilish istagini yanada mustahkamladi.





