Kogon tuman hokimi “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalariga yoʻllanma olgan sportchilar bilan uchrashdi
2026-07-08 09:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlarning sport sohasidagi yutuqlari, ularning jismoniy tayyorgarligi, musobaqalarga puxta hozirlik koʻrish jarayonlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, sportchilarni yuqori natijalarga erishishga ruhlantirish, ularning iqtidorini yanada roʻyobga chiqarish va zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tuman rahbari sportchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, respublika bosqichida ham viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijalarga erishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, sportchilarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi, ularning professional mahoratini oshirish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish yoʻlidagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, sportchilar oʻz fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan oʻrtoqlashdilar. Tadbir yakunida Osiyo chempionatida yuksak natija qayd etgan kogonlik sportchilar Osiyo chempioni Ahmedov Mahmudjon, kumush medal sohibi Doston Oripov hamda ularning murabbiylari erishgan yutuqlari e'tirof etilib, tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.


