Kogon tuman “Kelajak” markazi faoliyati to'g'risida.
2026-06-25 12:40:00 / Press-relizlar

Shu maqsadda tashkil etilgan “Kelajak” markazlari yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori va qobiliyatini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Kogon tuman “Kelajak” markazi ham yoshlar bilan ishlash, ularni zamonaviy kasblarga qiziqtirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berish hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli faoliyat olib bormoqda.
Markazda hozirda jami 64 ta to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shundan 19 tasi markaz binosida, 45 tasi esa umumta’lim maktablarida tarmoq to‘garaklari sifatida faoliyat yuritmoqda. To‘garaklarga jami 1070 nafar o‘quvchi qamrab olingan. Ma’lumot o‘rnida, hozirda tumanda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 12856 nafar, bu hududdagi umumiy o‘quvchilar sonining 8,3 foizini tashkil etadi.
Qamrov va natijadorlik ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, turli tanlov, festival va ko‘riklarda 780 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ulardan 220 nafari g‘olib va sovrindor bo‘lishga erishgan. Bu esa markazda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi.
Dolzarb 90 kunlik doirasida “Kelajak” markazi to‘garaklari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ta’tilning samarali o‘tishi uchun to‘garak a’zolari o‘rtasida “Yozgi kinoteatr”, “Ertaksevar bolajon”, “Estafeta o‘yinlari”, “Quvnoq startlar” , “Shashka-shahmat” musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.
Markazda faoliyat yuritayotgan 50 nafar to‘garak rahbarining 52 foizi oliy ma’lumotli, 34 foizi tugallanmagan oliy va 14 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Shuningdek, 14 nafar yosh mutaxassis 30 yoshgacha bo‘lgan kadrlardan iborat.
Kelgusida markaz oldida bir qator muhim vazifalar turibdi. Xususan, o‘quvchilar qamrovini 8,3 foizdan 12 foizga yetkazish, Prezident maktabiga tayyorlov, kibersport, IELTS va CEFR yo‘nalishlari bo‘yicha yangi to‘garaklar tashkil etish hamda o‘quv markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Maktab maslahatchilari esa mazkur jarayonning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Ular o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajak rejalarini o‘rganib, ularga to‘g‘ri kasb tanlashda ko‘maklashadi.
