Kogon tuman sport maktabida sport xodimlari va sportchilar ishtirokida uyushgan jinoyatchilik, narkomaniya hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
2026-06-10 10:30:00 / Majlislar
Tadbirda tuman prokurori yordamchisi M. Xalilov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimi N. Umarov ishtirok etib, uyushgan jinoyatchilikning jamiyat va davlat xavfsizligiga salbiy ta’siri, narkomaniyaning ijtimoiy, tibbiy va huquqiy oqibatlari, shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, suhbat davomida korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, ularning huquqiy oqibatlari haqida fikr almashildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi sport xodimlari va sportchilar o‘rtasida qonunchilikka hurmat, yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish, uyushgan jinoyatchilik, narkomaniya va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, yoshlarni turli salbiy illatlardan asrashdan iborat bo‘ldi.


