NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA'RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
2026-06-12 10:15:00 / Majlislar
Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.

Bugun, 12-iyun kuni Kogon tuman hokimligining kichik majlislar zalida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida tuman hokimligi apparati xodimlari, aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, siyosiy ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.


