RASMIY MUNOSABAT
2026-06-12 21:30:00 / Rasmiy munosabat

Ayni vaqtda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetmagan. Xususan, yoritish tizimini zamonaviy quyosh panelli chiroqlar asosida o‘rnatish jarayoni davom etmoqda.
Hozirda qurilish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qatnov qismlarini ajratib turuvchi beton to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu vaqtinchalik chora hisoblanadi. Piyodalar harakati uchun belgilangan o‘tish joylari mavjud bo‘lsa-da, ishlar tugallanmaganligi sababli harakat ayrim joylarda cheklovlar bilan amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yo‘l infratuzilmasi ilgari mavjud bo‘lgan tartib asosida emas, balki yangi loyiha yechimlariga muvofiq shakllantirilmoqda. Qayrilish joylari, kirish-chiqish yo‘nalishlari hamda xavfsizlik elementlari amaldagi me’yoriy talablar asosida belgilangan.
Barcha qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilgach, yo‘l harakati yangi loyiha asosida to‘liq va xavfsiz tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Aholidan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashish so‘raladi.
