“Baxtli bolalik – porloq kelajak!” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
2026-06-02 14:30:00 / Yangiliklar

Seminarda pedagoglar, tarbiyachilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan turli interaktiv o‘yinlar, didaktik mashg‘ulotlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar o‘z chiqishlari orqali nutq madaniyati, ijodiy fikrlash, jamoada ishlash, erkin muloqot qilish va o‘z qobiliyatlarini namoyon etish ko‘nikmalarini yorqin aks ettirdilar.
Shuningdek, seminar doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi davomida olib borilayotgan ishlar ham keng namoyish etildi. Jumladan, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning salomatligini mustahkamlash va qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar, ijodiy faoliyatlar, tasviriy san’at va konstruktorlik mashg‘ulotlari, suv bilan chiniqtirish tadbirlari hamda ochiq havodagi ta’limiy faoliyatlar seminar qatnashchilariga taqdim etildi.



