KOGON TUMANIDAGI 10-DMTT "ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI" MAQOMIGA EGA BO‘LDI!
2026-06-02 09:45:00 / Yangiliklar

Baholash jarayonlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:
✅Ta’lim-tarbiya jarayoni
✅Kadrlar salohiyati
✅Rivojlantiruvchi ta’lim muhiti
✅Jamoatchilik bilan hamkorlik va ochiqlik
Mazkur loyiha doirasida viloyatning har bir shahar va tumanidan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinib, ularning faoliyati platforma orqali har tomonlama o‘rganildi va baholandi.
⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro viloyatidan ishtirok etgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti” loyihasining 1- va 2-darajali sertifikatlarini qo‘lga kiritib, o‘z faoliyatining samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.
Quvonarlisi, Kogon tumanining Sorg'un mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 10-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati ham ijobiy baholanib, 2-darajali sertifikat sohibiga aylandi.
