RAHIMJON UZOQOV — U23 OSIYO CHEMPIONI!
2026-06-01 16:20:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, kogonlik sportchi Rahimjon Uzoqov U23 Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 87 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Final bahsida u Qozog‘iston vakili Yerassyl Zhengis ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bugun chempionimiz tuman mas'ullari tomonidan Kogon temir yo‘l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Tadbir davomida Rahimjon Uzoqovga zar chopon kiydirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yurtimiz sporti rivoji yo‘lida munosib natijalar qayd etayotgan sportchimizni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.
