22-UMUMTA’LIM MAKTABINING 11-SINF O‘QUVCHISI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI
2026-06-01 13:45:00 / Yangiliklar

Ana shunday iqtidorli va intiluvchan yoshlar safidan Kogon tumani 22-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sadriddinova Malika ham munosib o‘rin oldi. U biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, jami 5 ta sertifikat sohibasiga aylandi.
Mazkur yuksak natijalar tufayli Malika oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilib, o‘zining mehnati, izlanishi va bilimga bo‘lgan cheksiz intilishining samarasini ko‘rdi.
Iqtidorli o‘quvchining ushbu ulkan yutug‘ini e’tirof etish va uni kelgusidagi muvaffaqiyatlarga ruhlantirish maqsadida maktab rahbariyati tomonidan zamonaviy noutbuk bilan taqdirlandi.
Sadriddinova Malikaning erishgan natijasi nafaqat maktab jamoasi, balki barcha yoshlar uchun ham bilim, mehnat va qat’iyat bilan har qanday marrani zabt etish mumkinligining yorqin namunasidir.
