Kogon tumanida g‘alla o‘rimini xavfsiz va uyushqoqlik bilan o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-05-30 15:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda el rizqi bo‘lgan don hosilini qisqa muddatlarda sifatli va nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish asosiy vazifa ekanligi ta’kidlandi. Buning uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarining to‘liq shayligini ta’minlash hamda yuk avtomobillarining yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etgan holda bexatar harakatlanishini nazorat qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan mavsum davomida jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda hosilning talon-toroj qilinishining qat’iy oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetishtirilgan hosilni tashish, saqlash va topshirish jarayonlarida ichki ishlar organlari tomonidan uzluksiz nazorat o‘rnatilishi qayd etilib, yakunda mavsumni betalafot o‘tkazish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar kelishib olindi.


