Qurbon hayiti munosabati bilan xayriya tadbiri tashkil etildi
2026-05-30 15:00:00 / Yangiliklar
Qurbon hayiti munosabati bilan bugun tumanda joylashgan “Farzona” tantanalar saroyida tuman hokimligi tashabbusi bilan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj 170 nafar oila vakillari hamda nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ularga yuksak e’tibor va hurmat ko‘rsatildi.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlari yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Tadbirda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini oshirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar haqida fikr bildirildi. Tadbir yakunida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi hamda dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lishini so‘rab duolar qilindi.






