O'BA-CHO'LI MAHALLASIDA HAYRIYA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA!
2026-05-29 18:20:00 / Yangiliklar

Ushbu savobli tashabbus doirasida hududda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, 25 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ko‘rsatilgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik oilalarning bayram kayfiyatini yanada ko‘tarib, ularning qalbida cheksiz shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Tadbir davomida mahalla faollari va nuroniylar tomonidan Qurbon hayitining insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlarni ulug‘lovchi muborak ayyom ekani alohida ta’kidlandi.
Mahalla ahli ushbu xayrli ishlarda bosh-qosh bo‘lgan saxovatpesha insonlarga o‘zlarining samimiy minnatdorliklarini bildirib, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz orasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhiti yanada mustahkam bo‘lishini tilab qolishdi.
Bunday ezgu va savobli amallar jamiyatda inson qadri, mehr-muruvvat va ijtimoiy birdamlik tamoyillarini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.



