Yurt mehrini har bir bola birdek his qilmoqda!
2026-05-28 19:30:00 / Yangiliklar

Mazkur ezgu tashabbus doirasida tuman hokimligi mas’ullari hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan vasiylik, homiylik va patronat asosida tarbiyalanayotgan bolalar xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida bolajonlarga Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy bayram tabriklari yo‘llanib, ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, oilalarning yashash sharoiti, bolalarning ta’lim-tarbiyasi hamda salomatligi bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari, ikki nafar bolaning IT sohasiga qiziqishi va ta’lim olishi uchun zamonaviy kompyuterga ehtiyoji inobatga olinib, tuman hokimligi tashabbusi bilan ularga noutbuklar topshirildi.
Uchrashuvlar davomida bolalar va ularning yaqinlari tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirildi.




