"Suxor" mahalllasining "Tinchlik" ko'chasida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi
2026-05-23 17:45:00 / Yangiliklar

Bugun erta tongda Kogon tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligida tumandagi tashkilot va korxonalar mas’ullari ishtirokida “Tinchlik” ko‘chasida hududni zamonaviy qiyofaga keltirish va yangilash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Muhokamalar davomida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Xususan, hududdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylarning fasad qismlarini zamonaviylashtirish, irrigatsiya tarmoqlarini qurish orqali yashil maydonlarni kengaytirish, mavjud bolalar maydonchalarini rekonstruksiya qilish hamda aholi uchun dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, ko‘cha infratuzilmasini tubdan yangilash, yo‘l va yo‘laklarni tartibga keltirish hamda yashil hududlarni yanada kengaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.





