Navro'z mahallasida yashovchi tadbirkor mahalladoshlari bandligiga ko'maklashmoqda
2026-05-22 13:05:00 / Yangiliklar

Jumladan, Navroʻz mahallasi Farovon ko‘chasida istiqomat qiluvchi Alijon Ergashev ham tadbirkorlik tashabbusi orqali nafaqat oilasi farovonligini ta’minlamoqda, balki mahalladoshlar bandligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Tadbirkor o‘z xonadonida kichik ishlab chiqarish sexi tashkil etib, qurilish materiallaridan — shlakoblok ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ichki bozor talab va taklifini puxta o‘rgangan Alijon Ergashev tayyorlayotgan mahsulotlarga bugungi kunda talab yuqori ekanini ta’kidlaydi.
Ayni paytda sexda 3 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ular barqaror daromad topish imkoniga ega bo‘lmoqda.
— Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, xonadonimizda moʻjaz ishlab chiqarish sexini ishga tushirdik. Hozirda talabga qarab kuniga 300 tagacha shlakoblok mahsuloti tayyorlab, mahalliy bozorga yetkazib beryapmiz. Qurilish sohasiga ehtiyoj ortib borayotgani sababli mahsulotlarimizga bo‘lgan talab ham tobora oshmoqda, — deydi tadbirkor Alijon Ergashev.



