KOGONLIK PEDAGOGLAR “MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI BO'LDI!
2026-05-15 14:50:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoa ishtirok etib, maydonda haqiqiy sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va yuksak mahorat namoyon bo‘ldi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Har bir uchrashuv tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Quvonarlisi, musobaqaning viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qilgan 3-umumta’lim maktabi jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz hamda respublika bosqichida 3-umumta’lim maktabi jamoasiga omad va zafarlar tilaymiz!
