"Janafar" oilaviy shifokorlik punktida tibbiy ko'rik tashkil etildi
2026-04-29 09:45:00 / Yangiliklar
Kogon tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida 24-oilaviy poliklinikaga qarashli Janafar OSHP filialida tor doiradagi mutaxassislar — xirurg, pediatr, travmatolog, nevrolog, kardiolog, oftalmolog, endokrinolog, ginekolog, UZI shifokori hamda otorinolaringolog ishtirokida hudud aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan kasalliklar yuzasidan 26 nafar bemorga ambulator va statsionar sharoitda davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ko‘rik davomida kasallik bemorlarga rembursatsiya dasturi asosida bepul dori vositalari taqdim etildi.
Bundan tashqari, tibbiy ko‘rik jarayonida tibbiyot xodimlari tomonidan fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, maxsus taomnoma varaqalari tarqatildi. Jismoniy faollikni oshirish, har kuni ertalab va kechki ovqatdan so‘ng piyoda yurish, zararli odatlardan voz kechish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.





