RASMIY MUNOSABAT
2026-04-24 09:30:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatda aks etgan holat Kogon tumanining Geofizika mahallasi, Navro‘z ko‘chasida joylashgan hududga tegishli ekani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur ko‘chada yashovchi fuqaro tomonidan o‘z xonadoniga kanalizatsiya tarmoqlarini tortish maqsadida yer qazish ishlari olib borilgan. Holat yuzasidan fuqaro bilan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, videoda ko‘rsatilgan suv qudug‘i qopqog‘ining yo‘qligi hamda ko‘cha yoritish chiroqlari mavjud emasligi bo‘yicha murojaatlar ham inobatga olinib, tegishli tashkilotlar tomonidan muammo bartaraf etildi. Jumladan, quduq maxsus qopqoq bilan yopilib, xavfsiz holga keltirildi va hududda tungi yoritish chiroqlari ham o‘rnatildi.
