"PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
2026-04-16 14:30:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Kogon tuman yoshlar markazi binosida yoshlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi Otabek Qazoqov, tuman prokurori S.Sharipov, tuman IIB boshlig'i o'rinbosari O'. Hamroyev, tuman hokimi o'rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, oliy ta'lim bitiruvchi yoshlari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi Otabek Qazoqov yoshlarning muammo va takliflarini tinglab, bildirilgan tashabbus va takliflarni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas'ul mutassaddi rahbarlarga ko'rsatmalar berdi. Har bir yoshning muammosi ijobiy hal etilishi shaxsan tuman rahbari tomonidan nazoratga olindi.
Ta'kidlash o'rinliki, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, qolaversa, g'oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.





