Bog‘ va tokzorlar oralig‘ida qo‘shimcha hosil yetishtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanmoqda
2026-04-16 10:50:00 / Yangiliklar

Jumladan joriy yilda bog‘ qator orasiga jami 661 gektar, shundan, 357 gektar sabzavot-poliz, 20 gektar kartoshka, 70 gektar dukkakli hamda 214 gektar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida ekinlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek fermer xo‘jaliklarida jarayonlar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, agrotexnik tadbirlar yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Bu esa nafaqat yerlarning samaradorligini oshirish, balki qo‘shimcha hosil olish imkonini ham yaratmoqda. Ayni paytda ekin jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, “Kogon Axtam Aslbek” fermer xo‘jaligida 1 gektar, “Bog‘i Sarayon” MCHJda 4 gektar hamda “Baraka Safo” fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda kartoshka urug‘lari qadab bo‘lingan bo‘lib, ushbu xo‘jaliklarda erta hosil olish uchun barcha zarur agrotexnik choralar ko‘rilmoqda.
Umuman olganda, tumanda talabgir qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali hudud aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish, shuningdek ichki bozorda mahsulotlar barqarorligini ta’minlashga erishiladi.



