Kogonlik Madaniyat va san’at xodimlari e'tirof etildilar!
2026-04-14 13:55:00 / Yangiliklar
Bugun 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabida Madaniyat va san’at xodimlari kuni keng tantana qildi. Tadbirda sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelayotgan ustoz va murabbiylar ishtirok etdilar.

Tadbirda so'zga chiqqanlar soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning tumanimiz madaniyati va san’atini rivojlantirish hamda targ‘ib etishdagi fidokorona mehnatlarini e’tirof etdi.
Bayramda sohaning ilg‘or xodimlari va faxriylariga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Shuningdek tadbir davomida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar ishtirokchilarga o'zgacha kayfiyat va ruh bag'ishladi.


