Kogon tumanida “Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” uchun futbol musobaqalari boshlandi
2026-04-13 17:30:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek bugun, 13-aprel kuni Siyoz-poyon mahallasida joylashgan sport majmuasida mahalla yoshlari o'rtasida futbol bo‘yicha “DXX kubogi” musobaqasi tuman bosqichining dastlabki 1-tur saralash o'yinlariga start berildi.

Kutilganidek dastlabki o‘yinlar keskin kurashlarga boy, haqiqiy futbol dramasi bilan boshlandi. Musobaqaning dastlabki natijalari quyidagicha bo'ldi:
•Beklar 1️⃣ : 2️⃣ Sarayon
•Tutkunda 1️⃣ : 0️⃣ O’rta cho‘l
•Nurafshon 0️⃣ : 1️⃣ Hukumatobod
•O’ba cho‘li 1️⃣ : 0️⃣ Mustaqillik
Ta'kidlash joizki, bellashuvlar davomida har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyon etmoqda. Tomoshabinlar esa qiziqarli va murosasiz o‘yinlarga guvoh bo‘lishmoqda.



