Kogon tumanida “Yosh ijodkorlar” tanlovi bo'lib o'tdi
2026-04-10 11:55:00 / Yangiliklar
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasidan yosh ijodkorlarni saralash maqsadida tumandagi Madaniyat markazida maktab jamoalari ishtirokida “Yosh ijodkorlar” tanlovi tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar folklor, jamoaviy raqs, yakkaxon chiqish hamda teatr yo‘nalishlarida o‘z salohiyati va ijodiy imkoniyatlarini namoyish etdilar.
Tanlovning final bosqichi joriy yilning 22-aprel kuni o‘tkaziladi. Unda saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etib, tanlov g‘olibligi uchun bellashadilar.



