Hokim kubogi uchun kurash: “Kelajak ixtirochilari” g‘oliblari aniqlandi!
2026-04-09 13:25:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida ishtirokchilar robototexnika va dasturlash yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🔹 “Robo sumo” yo‘nalishi:
🥇Ahror Qobilov — 3-maktab
🥈Alisher Saidov — 21-maktab
🥉 Jahongir Murodov — Ixtisoslashtirilgan maktab
🔹 “Robofutbol” yo‘nalishi:
🥇Dilshod Hazratqulov — 21-maktab
🥈Shahobiddin Sharopov — 21-maktab
🥉Abdurahmon Rustamov — Ixtisoslashtirilgan maktab
🔹“Dasturlash” yo‘nalishi:
🥇Ozodbek Zayniddinov — 25-maktab
🥈Baxtiyor Ochilov — 11-maktab
🥉Fayzbek Fayziyev — 10-maktab
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Mazkur musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




