Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 20-sessiyasi bo'lib o'tdi
2026-04-04 09:45:00 / Yangiliklar

Sessiyani Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi raisi boshqarib bordi.
➖Kun tartibidagi dastlabki masala “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha joriy yilning 1-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o'rinbosari M.Shamsiyev hisoboti tinglandi.
➖Navbatdagi masala Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o'rinbosari-oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i D.Murodova hisoboti tinglandi.
➖Shuningdek keyingi masala tuman hududida korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2026-yil 1- choragi faoliyati yuzasidan tuman prokurori S.Sharipovning axboroti tinglandi.
➖Navbatdagi masala Kogon tuman hududida joriy yilning 1-choragi mobaynida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig'i A.Ismailov hisoboti tinglandi.
➖Keyingi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori va ushbu qaror namunaviy nizomiga kiritilgan o‘zgarish, ya’ni Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli Qaroriga asosan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra 2026-yil 1-mavsumda “g‘olib” deb topilgan loyihalar, shuningdek deputat tashabbusiga asosan g‘olib deb topilgan loyihani tasdiqlash hamda ularga mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Narziyev hisoboti tinglandi.
➖Kun tartibidagi so'ngi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi hisobidan mablag‘ sarflash to‘g‘risida Kogon tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi D.Turdiyev hisoboti tinglandi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.




