Kogon tumani hokimligi katta majlislar zalida “Davlat xaridlari sohasidagi amaldagi tartiblar, imtiyozlar va imkoniyatlar yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlarini keng xabardor qilish” mavzusida seminar tashkil etildi.
2026-03-31 09:30:00 / Yangiliklar

Seminarda so‘zga chiqqanlar,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4-fevraldagi PF-17-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida davlat xaridlari to'g'risidagi amaldagi tartiblar, savdo platformalari, ulardan foydalanish tartiblari, afzallik va qulayliklari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga amaliy yordam ko‘rsatish, imtiyozlar va imkoniyatlar bo‘yicha ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, erkin-iqtisodiy sanoat zonalarida tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat haqida ham so'z bordi. Kun tartibidagi mavzular yuzasidan ishtirokchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumotlar berildi.




