Halollik va ochiqlik — davlat xizmatining muhim tamoyili
2026-03-28 16:20:00 / Yangiliklar
Kogon tuman hokimligi kichik majlislar zalida apparat xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.Tadbirda davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda Kogon tuman adliya bo‘limi boshlig‘i ma’ruza qilib, davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilari uchun belgilangan cheklov va majburiyatlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi. Seminar yakunida davlat xizmatida halollik, mas’uliyat va qonun ustuvorligini ta’minlash har bir xodimning muhim vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.


