Maktab maslahatchilari uchun metodik seminar tashkil etildi
2026-03-26 18:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida “Maktab maslahatchisi” lavozimi joriy etildi.

Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash doirasida Kogon tumani “Kelajak” markazida tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat boshlagan maktab maslahatchilari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari, xizmat vazifalari, namunaviy ish rejalari hamda faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olib borildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda o‘zaro fikr almashdilar.
