Kogon tumanida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada kengaymoqda
2026-03-25 09:25:00 / Yangiliklar

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon tumanida ham ishlar jadal davom etmoqda. Xususan tumanda joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari, aholi xonadonlari va yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarda quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan birgina joriy yilning mos davri mobaynida tumanda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy soha obyektlarida 250 kVt, 6 ta tadbirkorlik subyektlarida 1450 kVt, aholi xonadonlarida 22 ta obyektda 670 kVt va ko‘p qavatli uylarda 1 ta obyektda 50 kVt quyosh panellari o‘rnatildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Umuman yil yakuniga qadar tumanda yana ko‘plab manzillarda muqobil energiya manbalari o‘rnatilishi reja qilingan.


