KOGON TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO‘LIB O‘TDI
2026-03-18 13:45:00 / Yangiliklar

Bugun, 18-mart kuni Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov tumanning "Bahouddin Naqshband" mahalla binosida aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida ommaviy qabuli bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi o'rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va korxonalar mutasaddilari ishtirok etdi.
Qabulga tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan kadastr masalasi, sog'ligini tiklash uchun yordam, ariq masalasi va boshqa masalalarga oid bildirilgan murojaatlar birma-bir muhokama qilindi.
Murojaatlar o‘rganilib, qolgan masalalar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga muhim topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi. Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar natijasida, hududlarda aniqlangan ijtimoiy masalalarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ijtimoiy muammolar o‘z yechimini topmoqda.



