Kogon tumanida aholi muammolari ijobiy yechim topmoqda
2026-03-16 09:10:00 / Yangiliklar

Jumladan, “Mustaqillik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro Ravshan bobo Qodirov ichimlik suvini uzoq masofadan tashib ichishga majbur bo‘layotgani, bu esa o‘z navbatida xonadonda bir qator noqulayliklar tug‘dirayotganini aytib, muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Mazkur murojaat tuman hokimi Otabek Qazoqov tashabbusi bilan ijobiy hal etilib, tuman suv ta’minoti korxonasi tomonidan xonadonga bosh suv quvuri nuqtasidan 200 metr masofaga ichimlik suv tarmog‘i tortildi hamda zamonaviy suv hisoblagichi o‘rnatildi.
“Bu kabi g‘amxo‘rlik men va oilam uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi”, — deydi xonadon egasi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bugungi kunda barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratilgan. Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini tinglash va ularning muammolarini hal etishda, shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.


