Kogon tumanida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-03-04 15:50:00 / Yangiliklar

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Murodova Dildora To'xtayevna Kogon tumani hokimining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi tuman hokimining tegishli qarori o‘qib eshittirildi.
Yig'ilishda tuman hokimi Otabek Qazoqov tumanda oilalar jipsligini ta'minlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasidagi mas'uliyatli vazifaga tayinlangan hokim o'rinbosariga ulkan zafarlar tiladi.
Ma'lumot uchun, Murodova Dildora To'xtayevna 1987-yilda Kogon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2008-yilda Buxoro Davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – sotsiologiya.
Tayinlovga qadar tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


