KOGON TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO‘LIB O‘TDI
2026-03-04 10:50:00 / Yangiliklar

Bugun, Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov tumanning "Hukumatobod" mahalla fuqarolar yig'ini binosida aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida ommaviy qabuli bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi o'rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va korxonalar mutasaddilari ishtirok etdi.
Qabulga tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan kadastr masalasi, davolanish uchun moddiy yordam masalasi, ariq masalasi, ishga joylashish masalasi va boshqa masalalarga oid bildirilgan murojaatlar birma-bir muhokama qilindi.
Murojaatlar o‘rganilib, qolgan masalalar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga muhim topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi. Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar natijasida, hududlarda aniqlangan ijtimoiy masalalarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ijtimoiy muammolar o‘z yechimini topmoqda.
