Bahoudddin Naqshband mahallasida yo‘l infratuzilmasi tubdan yaxshilanmoqda
2026-03-03 12:20:00 / Yangiliklar
Bahoudddin Naqshband mahallasida ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida moliyalashtirilmoqda hamda loyiha doirasida jami 10,6 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish belgilangan.

Qurilish-ta’mirlash ishlari "Gazli yo’l qurish-ta'mirlash" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lib, hozirgi bosqichda yo‘llarning asos qismi maxsus texnika vositalari yordamida tekislanib, mustahkam poydevor qatlami shakllantirilmoqda. Qurilish jarayonida amaldagi me’yoriy hujjatlar va texnik talablar asosida ish olib borilishi ta’minlanmoqda. ushbu jarayonlar yakunlangach keyingi bosqichda zamonaviy standartlarga javob beradigan asfalt-beton qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar yakuniga yetkazilgach, mahalla ichki ko‘chalarining texnik holati sezilarli darajada yaxshilanadi, transport vositalari va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoiti yaratiladi.


