RASMIY MUNOSABAT
2026-03-14 18:00:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon tumani, Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga olib boruvchi kanal bo‘yidagi yo‘l holati yuzasidan tarqalgan videomurojaat tegishli tartibda o'rganildi.

Mazkur murojaat Kogon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, murojaatda keltirilgan yo‘l ushbu korxona tasarrufidagi 80V177 mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 9,9–11 km oralig‘iga to‘g‘ri kelishi hamda 80V177 avtomobil yo‘lining ta’mirtalab qismlari muassasa tomonidan bosqichma-bosqich ta’mirlanib kelinmoqda.
Jumladan, 2025-yilda yo‘lning 9,3–9,9 km qismi ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish dasturi doirasida mazkur yo‘lning 5–9,3 km hamda 9,9–11 km oralig‘ini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan. Ushbu dastur tasdiqlangandan so‘ng, belgilangan uchastkalarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
