"Turon" maktab teatri Respublika tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi
2026-02-28 12:25:00 / Yangiliklar
Kogon tumanidagi Musiqa va san'at maktabida "Turon" maktab teatri Respublika tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish qolaversa, notiqlik san'ati va sahna madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.
O'zaro do'stona ruhda kechgan tanlovning saralash bosqichida g'olib deb topilgan 8 ta jamoa tanlovning tuman bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


