Tarix va zamonaviylik uyg‘unligi: muhtasham majmua yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda!
2026-02-28 13:25:00 / Yangiliklar
Kogon tumanining muqaddas qadamjolaridan biri bo‘lgan Bahouddin Naqshband majmuasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari natijasida majmua bugungi kunda yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.

Xabaringiz bor, majmuada so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, tarixiy asliyat tiklanmoqda.
Albatta bu o'z navbatida sayyohlar oqimini yanada oshirish, hududning turizm jozibadorligini kuchaytirish hamda ziyoratchilar uchun zamonaviy va milliy ruh uyg‘un bo‘lgan muhit yaratishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.





