Yoshlar bilan muloqot – bitiruvchilar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda!
2026-02-26 17:50:00 / Yangiliklar

Xususan Kogon tuman hokimi Otabek Qazoqov texnikum bitiruvchilari va muassasa jamoasi bilan uchrashuvida har bir bitiruvchi yosh bilan birma-bir suhbat qilib, kelajak maqsad va rejalarini o'rgandi. Tuman hokimi yoshlar bilan yaqindan muloqot qilar ekan, ularga tahsil olayotgan kasb-hunar ko'nikmalariga ega bo'lish barobarida raqobatbardosh kadr bo'lib yetishishlari uchun har bir o'quvchi kamida bitta chet tilini ham o'rganishni o'z oldiga maqsad qilishi zarurligini ta'kidladi.
Uchrashuvda maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalarini xalqaro dastur doirasida malaka oshirishini ta’minlash, pedagoglarning chet tillarni bilish darajasini oshirish, dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarning kvalifikasion amaliyotlarini tashkil etish, bitiruvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha bandligini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi ochiq muloqot yakunida bitiruvchi-yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni o'rganib, ijobiy yechim topish va ilgari surilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash yuzasidan mas'ullarga topshiriq va ko'rsatma berdi.






