Tomarqa yerlaridan maqsadli foydalanish — umumiy natijadorlikning garovidir
2026-02-24 12:20:00 / Yangiliklar

Kogon tumanida ham qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, mavjud yer resurslaridan unumli foydalanish hamda ichki bozorlar to‘kinligini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bog‘ va tokzor qator oralaridan samarali foydalanish maqsadida talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan, to‘qsonbosti mahsulotlari ekilib, ularni parvarishlash ishlari agrotexnik talablar asosida tashkil etilmoqda.
Bog‘ qator oralariga sabzavot, poliz va boshqa tezpishar ekinlarni ekish orqali qisqa muddatda qo‘shimcha hosil olish, yer unumdorligini oshirish hamda dehqon xo‘jaliklari daromadini ko‘paytirish imkoniyati yaratilmoqda. To‘qsonbosti mahsulotlarini yetishtirish jarayonida o‘z vaqtida sug‘orish, oziqlantirish, begona o‘tlarga qarshi kurashish va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi profilaktik ishlov berish tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.



