KOGON TUMANIDAGI TA'LIM MASKANLARIDA KENG KO'LAMLI TA'MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
2026-02-20 15:20:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimining sohaga bevosita masul o'rinbosarlari tomonidan ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarining borishi, bajarilgan ishlar hajmi va sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, obyektlarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanish holati va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar hamda pudratchi tashkilotlar vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ishlarni jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Mazkur loyiha doirasida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv xonalari va yordamchi binolarni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash, issiqlik, elektr va suv ta’minoti tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchi-yoshlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.





