KOGON TUMAN HOKIMLIGI RAHBARIYATINING NAVBATDAGI QABULI BO'LIB O'TDI
2026-02-19 15:30:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, bugun, 18-fevral kuni tasdiqlangan reja-grafik asosida Kogon tuman hokimligi rahbariyati tomonidan "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida tumanning "Sarayon" mahalla fuqarolar yig'ini binosida ommaviy qabul o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Qabulda fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari mutasaddi idoralar masʼul rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqilib, shu yerning o‘zida hal etilishiga ahamiyat qaratildi. Jumladan qabulda fuqarolar tomonidan kadastr masalasi, moddiy yordam masalasi, ariq masalasi, yo'l ta'miri masalasi va boshqa masalalarda yordam so'rab murojaat qilindi.
Murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olingan holda mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


