Kogon tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha qarorlar ijrosi tahlil qilindi
2026-02-14 17:40:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida mazkur qarorlar ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman mas’ul idora va tashkilotlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining axborotlari tinglandi. Belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar natijadorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, hududiy “Yo‘l xarita”lari ijrosi hamda ularni “Platforma”ga o‘z vaqtida va sifatli kiritish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ullar faoliyatini yanada jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng o‘rganish ishlari kapital ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida davom ettirildi. Jarayon davomida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda jamoat joylarida xavfsizlikni to‘liq raqamlashtirish orqali jinoyatchilikni jilovlash samaradorligi batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar yakunida hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq muddatli vazifalar belgilab berildi.




