Kogon tumanida oila va xotin-qizlar yo‘nalishida 2025-yilning 12 oyi davomida moddiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
2026-01-12 12:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini oshirish yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15 sentabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonida belgilangan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash maqsadida gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, «Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish belgilangan. Tumanda ushbu yo‘nalishlarda bir qator amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, 111 nafar ayollar rahbarlik lavozimlarida (3 nafar MFYDA rais lavozimida, 13 nafari fermer xo‘jaligi rahbari, 7 nafari tuman Kengashi deputati va 2 nafari viloyat Kengashi deputati, 8 nafar maktab direktorlari, 15 nafari maktabgacha ta’lim muassasasi mudiralari, 71 nafar turli tashkilot va korxonalar rahbarlari sifatida) ishlab kelmoqda. Kadrlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, 14 nafar xotin-qizlar rahbarlikka zaxiraga kiritilgan, 2025-yilning 12 oyi yakunlari bilan 6 nafar xotin-qizlar rahbarlik lavozimiga tayinlangan.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlar yo‘nalishi
Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 2025-yilning boshida 7 ming 658 nafar ishsiz xotin-qizlar aniqlandi (PQ-103-qarorning 1-ilovasida 5357 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlash rejasi ko‘rsatilgan. 19.03.2025) . Sayxunobod tajribasi asosida yil davomida 1780 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlanadi, shundan 12 oy davomida 1750 nafar ayollar bandligi ta’minlandi. 300 nafar ayollarni tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘qitilishi rejalashtirilgan. 12 oy davomida 443 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va biznesni qo‘llab quvvatlash loyihalari asosida o‘qitildi. Shundan, 211 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, 107 nafari Savdo-sanoat palatasi tomonidan, Sharq ayoli XAJF va USAID tomonidan biznesni qo‘llab quvvatlash loyihasi asosida 125 nafar xotin-qizlar o‘qitildi. Ajratiladigan imtiyozli kreditlar hisobiga 2000 nafar ayollarning bandligi ta’minlanadi, 12 oy davomida 1819 nafariga 18.2 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratilib, 2013 nafar ayollar bandligi ta’minlandi. Shu bilan birga, 23 ta kichik sexlar tashkil etilib, 450 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 16 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash” markazlari tashkil etilib, 63 nafar ayollar bandligi ta’minlandi. “Ustoz-shogird” tizimi asosida kasb-hunarga o‘rgatish orqali 482 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan, shundan 12 oy davomida 398 nafar ayollar kasbga o‘qitildi.
Pillachilik yo‘nalishida 3 ming 150 nafar ayollar bandligi ta’minlandi.
Oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan 7 ming 581 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlandi. Yil yakuniga qadar 77 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlanishiga erishiladi, shundan 45 nafar xotin-qizlar imtiyozli kredit va ssudalar orqali, 32 nafarini doimiy ishlarga jalb etish orqali bandligi ta’minlanadi. Tumanda 23 nafar lider tadbirkor ayollar tanlanib, ularga mahallalarda yashovchi ehtiyojmand oilalardagi 450 nafar xotin-qizlar biriktirildi.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal yetish yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal yetish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qaror, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining 2025-yil 30 yanvardagi PF-17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari bilan “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga 2 ming 700 nafar xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantirildi va tasdiqlandi.
2025-yilning 12 oyi davomida “Ayollar daftari”ning 1 toifasi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar”ga kiritilgan bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan 1631 nafar xotin-qizlardan 557 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 1 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlangan, 10 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 1063 nafari o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi, to‘liq ijrosi ta’minlandi.
2-toifasi “Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar”ga kiritilgan kredit ajratilishi rejalashtirilgan 180 nafar xotin-qizlardan Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman tijorat banklari bilan birgalikda jami 172 nafar (96%) xotin-qizlarga 1 mlrd 582 mln 400 ming (bir milliard besh yuz sakson ikki million to‘rt yuz ming) so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashildi. Jumladan, Asaka banki tomonidan 1 nafar xotin-qizga (xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida) 67 mln so‘m, Biznesni rivojlatirish banki tomonidan 4 nafar xotin-qizlarga 171 mln so‘m, (xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, tikuvchilik yo‘nalishida), Milliy bank tomonidan 6 ta xotin-qizlarga 60 mln so‘m, (baliqchilik tikuvchilik chorvachilik yo‘nalishida), Xalq banki tomonidan 69 nafar xotin-qizlarga 1 mlrd 284,4 mln so‘m ( asalarichilik, chorvachilik, ishlab chiqarish, issiqxona, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida).
3-toifa “Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar”ga kiritilgan 400 nafar xotin-qizlardan 399 nafariga “Ayollar daftari jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan bir martalik 700 000 (yetti yuz ming) so‘mdan jami 279,3 mln so‘m moddiy yordam pullari ajratildi. 1 nafari uzoq muddatga chiqib ketganligi sabab yordam ko‘rsatilmagan.
4-toifa “Ijtimoiy yordamga muxtoj I va II gurux nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar”ga kiritilgan 386 nafar xotin-qizlardan 377 nafariga “Ayollar daftari jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan bir martalik 700 000 (yetti yuz ming) so‘mdan jami 263,9 mln so‘m moddiy yordam pullari ajratildi. 1 nafari Rossiya davlatiga chiqib ketganligi, 8 nafari vafot etganligi sabab asosiy yordamlar ko‘rsatilmay qolgan.
5-toifa “Uy joyga muhtoj extiyojmand xotin-qizlar“ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlardan 1 nafariga (O‘ba cho‘li MFYDA yashovchi Jabborova Iroda Hamdamovna) ijara shartnomasi asosida ijara kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.
6-toifa “Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar” ga kiritilgan 99 nafar xotin-qizlardan 99 nafariga “Ayollar daftari jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan jami 69,3 mln so‘m miqdorida moddiy yordam pullari ajratildi.
Joriy yil 12 oy davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan 2700 nafar xotin-qizlardan 2679 nafariga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 2 nafari migratsiyada bo‘lganligi, 8 nafari vafot etganligi, 3 nafari ijara shartnomasi qilmaganligi sababli ijara kompensatsiya, 8 nafari kredit olishni rad qilganligi sabab amaiy yordamlar ko‘rsatish imkoni bo‘lmadi.
7 nafar uy-joy ta’miriga muhtoj xotin-qizlardan 1 nafariga (Tuniroq MFY Turapova Dilnoza Normatovna) “Inson” IXM tomonidan “Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 5 mln 500 ming so‘mlik qurilish mollari berilib, uyining tom qismi ta’mirlab berildi. 3 nafariga qurilish materiallari yetkazib berish maqsadida tanlov jarayoni davom etmoqda.
Reproduktiv salomatlik yo‘nalishi
2025-yil tug‘ruq yoshidagi 21598 nafar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom farzand tug‘ishlari uchun tibbiy yordamlar ko‘rsatilishi yo‘nalishida tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda amaliy tadbirlar olib borilishiga erishildi, 2024-yil, 2025-yilning 12 oyi davomida tumanda onalar o‘limi qayd etilmadi, erta turmush va erta tug‘ruq holatlari bo‘lmadi. Tumanda 2025-yilning 12 oyi davomida tug‘ruqlar soni 1306 ta bo‘lib, o‘tgan yilnig mos davriga nisbatan 46 taga kamayishiga erishilgan.
Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar va ular profilaktikasi yo‘nalishi
Kogon tumanidagi mavjud va ro‘yxatga olingan 93 ta notinch va 97 ta farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi oilalar bilan, 135 nafar profilaktika va 16 nafar probatsiya ro‘yxatida turgan xotin-qizlar bilan tizimli va individual yondashilgan holda amaliy tadbirlar olib borilishi natijasida 72 ta notinch oilaning muammolariga yechim topilib, oila sog‘lom muhitga qaytarildi, probatsiya ro‘yxatida turgan 6 nafar xotin-qizlar, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 75 ta oilalar tuzalish yo‘liga o‘tdi, 66 nafar xotin-qizlar profilaktik nazoratdan chiqarildi, 410 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan, nizoli oilada nizolar o‘rganilib, 381 ta oilalar yarashtirildi. Yil yakuniga qadar sud va FXDYO organlariga oilaviy ajrim masalasida murojaat qilgan 56 ta oilalar bilan yarashtirish ishlari olib borilishi natijasida hozirda 230 ta oiladagi yarashtirish ishlari jarayonlari davom etmoqda, 93 ta notinch oilalar va 67 ta farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan oilalar bilan tuzatish ishlari olib borilishi belgilandi.
Joriy yilning 12 oyi davomida yangi rasmiylashtirilgan nikohlar soni 557 ta (2024-yil 12 oy davomida 461 ta), FXDYO organlarida qayd etilgan yolg‘iz onalar soni 41 ta ( 2024-yil 12 oy davomida 47 ta), Otalikni belgilash 82 ta (2024-yil 12 oy davomida 95 ta), Oilaviy ajrimlar soni 91 ta (2024-yil 12 oy davomida 99 ta) bo‘lib, Tutkunda MFY, Niyoz hoji MFY, Beklar, O‘zbekiston, B.Naqshband hamda O‘ba cho‘li MFYlarida ajrim ko‘payganligi kuzatildi. Tumanda 319 nafar ta’ziq va zo‘ravonlikga uchragan xotin-qizlarga 382 ta himoya orderi berildi. (2024-yil 12 oy davomida 183 ta) 199 taga ko‘paygan. Joriy yilda xotin-qizlar orasida 4 ta jinoyat qayd etildi (2024-yil 12 oy davomida 5 ta) 1 taga kamaygan.
Joriy yilda Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida 2 ta o‘z joniga qasd va suitsid qilish holatlari kuzatilgan, (2024-yil 12 oy davomida 3 ta) 1 taga kamaygan. Joriy yilning 12 oyi davomida tumanda jami migratsiyadan qaytgan fuqarolar soni 3267 nafar, shundan 798 nafari xotin-qizlar bo‘lib, ular bilan suhbatlar o‘tkazilib, huquqiy, psixologik, tibbiy yordamlar ko‘rsatilib, shu jumladan 115 nafar migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 31- dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da 396 ta nikohlanuvchi yosh juftliklar o‘qitildi.
Xotin-qizlar tomonidan erishilgan yutuqlar yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi 322-sonli qaroriga asosan TAVSIYANOMA.IJRO.UZ platformasi orqali elektron shaklda 9 nafar xotin-qizlar arizalari yuklanib, mezonlarga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, 9 nafar xotin-qizlarga tavsiyanomalar berildi. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 2020-yil 23 iyundagi 402-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda joriy yilning 30 mayidan 8 iyuniga qadar 23 nafar xotin-qizlar murojaat qildilar, shundan 19 nafar xotin-qizlarning hujjatlari belgilangan mezonlarga to‘la mos kelishi bo‘yicha qo‘mitaga tavsiyalar berildi, shuningdek belgilangan mezonga to‘g‘ri kelmaganligi sababli 4 nafar xotin-qizlarning hujjatlari asoslantirilgan holda rad etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-sonli qarori bilan belgilangan imtiyozli va xotin-qizlarning ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tumandan 3 nafar to‘lov kontrakti asosida o‘qiyotgan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar tuman komissiyasi tomonidan o‘rganilib, komissiya xulosasiga asosan 2024/2025-o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakti summasi mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berildi.
