“Tashabbusli budjet” jarayonlariga oid yangiliklar aholiga yetkazilmoqda
2026-01-26 13:25:00 / Yangiliklar

Mazkur seminarda “Tashabbusli budjet” jarayonlarining yangilangan tartib-qoidalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, aholi tashabbuslarini shakllantirish, saralash va moliyalashtirish bilan bog‘liq o‘zgarishlar batafsil tushuntirildi. Tadbir davomida fuqarolarning ushbu jarayondagi ishtirokini yanada faollashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilariga “Tashabbusli budjet” doirasida loyihalarni ilgari surish, ovoz berish jarayonlarida qatnashish hamda tasdiqlangan loyihalarning ijrosini monitoring qilish tartibi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Ushbu seminar aholining moliyaviy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.


