Kogon tumanida mahallalar xavfsizligi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olishga doir faoliyat muhokama qilindi
2026-01-22 19:50:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulotlarda Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruhi ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Guruh tarkibidan viloyat prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining malakali mutaxassislari o‘rin oldi.
Tinglovchilar sifatida Kogon tuman hokimligi va prokuraturasi mas’ul xodimlari, tuman ichki ishlar bo'limi rahbariyati, hududdagi barcha mahallalarning “mahalla yettiligi” a’zolari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga daxldor barcha subyektlar jalb etildi.
Tadbir davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i so'zga chiqib, davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarorlarida belgilangan konseptual vazifalarni atroflicha sharhladi. Xususan, mahallalarda "xavfsiz muhit"ni shakllantirishning yangicha yondashuvlari, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishda “mahalla yettiligi” institutining roli, ijtimoiy profilaktika subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, muammoli oilalar va shaxslar bilan manzilli ishlashning aniq mexanizmlari bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar berdi.
Seminar interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilayotgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlari mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi tinchligi va osoyishtaligini ishonchli ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.





