"NAVRO'Z" MAHALLASI AHOLISI UCHUN KO'RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR KO'LAMI O'RGANILDI
2026-01-21 18:50:00 / Yangiliklar
Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov tumanning Navro'z hamda Siyoz-poyon mahallalari aholisi uchun tibbiy xizmat ko'rsatib kelayotgan Siyoz-poyon oilaviy shifokorlik punktida bo'ldi.
Dastlab oilaviy shifokorlik punktida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, aholi salomatligini yaxshilash maqsadida tashkil etilayotgan tibbiy ko'riklar hamda mahalla patronajlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O'rganish davomida tuman hokimi Otabek Qazoqov oilaviy shifokorlik punktidagi isitish tizimlari, qozonxona faoliyati hamda energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish boʻyicha olib borilgan ishlarni birma-bir ko'zdan kechirdi.
Tuman hokimi Otabek Qazoqov o'rganish yakunida mas'ullarga qozonxonani doimiy ko'rik va nazoratdan o'tkazish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar berdi.


