“Onalik va bolalikni himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2025-12-12 14:30:00 / Yangiliklar
Bugun, "Sarayon" mahalla binosida joylashgan "Oila va xotin-qizlar maskani" da hamda “Taraqqiyot” mahalla markazi binosida “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida “Onalik va bolalikni himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat skrining markazi rahbari, hududlardagi xotin-qizlar, hamda sohaga mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.
Tadbir ochiq mulokoq tarzida tashkil etilib, — jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, onalar va bolalarning huquqlari, salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga oid ishlar samaradorligini oshirish hamda ayollarning xomiladorlik davrida belgilangan tibbiy ko‘rikdan o‘tishining muhimliligi, neonatal o‘limlar oldini olish va chaqaloqlarni parvarishlash yo‘nalishida ekspertlar tomonida muhim ma’lumotlar berildi.
