Kogon shahrida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi!
2026-10-12 09:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–245-son qarorining 6-bandiga asosan 2023-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi "Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–5282-son qarori doirasida Sport vazirligi tomonidan har yili Tashabbus.sport.uz platformasi orqali ovoz berish jarayonlari bilan g'olib bo'lgan mahallalarga sport maydonchalari qurib berilmoqda.
Yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar ko‘lami yanada kengaymoqda. Jumladan, Kogon shahar Bobur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshida zamonaviy "STRITBOL WORKOUT" sport maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur maydoncha yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlari hamda jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi sport maydonchasi yoshlarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ularni sportga keng jalb qilish yo‘lida yana bir samarali qadam bo‘ldi.
Kogon shahar Bobur mahalla fuqarolar yig'ini 678 ta ovoz bilan g'olib boʻlib, sreet-workout maydonchasi yutib olishdi.
Kogon shahar hokimligi matbuot xizmati









