Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Bilimlar kuni" va Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan – yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
2026-09-02 08:50:00 / Yangiliklar
Tadbirda Kogon shahar hokimi Mirshakar To'raboyev ishtirok etdi va ta'lim maskani o'quvchilari hamda o'qituvchilarini mustaqilligimizning shodiyona 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib O'zberiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-2027-o'quv yili bilan o'quvchilarga yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi.
Yangi 2026-2027 o'quv yilida Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 5-7-sinf o'quvchilarini kutib oldi.

Shundan so‘ng birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Mustaqilligimizning 35-yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” o'tildi.
Kogon shahar hokimligi axborot xizmati









